MasterCard va CrescentRating tashkilotlari tomonidan har yili e'lon qilinadigan "Jahon Musulmon Sayohati Indeksi" xalqaro reytingida O‘zbekiston olti pog‘ona yuqorilab 16-o‘rinni egalladi hamda eng jadal ko‘tarilgan mamlakat sifatida alohida e'tirof etildi.

O‘zbekistonning bu yilgi hisobotda jadal ko‘tarilishiga mamlakatimizning Islom dini bilan bog‘liq boy merosini o‘rganish va xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan qator loyihalari asosiy sabab ekanligi ko‘rsatildi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston ushbu reytingda 2018 yilda 32-o‘rin, 2019 yilda 22-o‘rinni egallagan edi.