баннер
31 Mar 2025
01:09

    Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya, sport va taʼlim: kelajak avlodi uchun mustahkam poydevor

    Fikr 27 Mart 2025 173

    Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim – bu jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir.

    Jismoniy tarbiya va sport nafaqat jismoniy faollik va sogʻlom turmush tarzining asosi, balki yoshlarning intellektual rivojlanishi va ijtimoiy faolligini oshirish vositasidir. Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimga qaratilgan eʼtibor tobora ortib bormoqda. Davlatimiz rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim sohalarini rivojlantirish, ularni integratsiyalash orqali zamonaviy va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari asosida maktab, kollej, litsey va oliy taʼlim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport musobaqalarini muntazam oʻtkazish va yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash tizimi yoʻlga qoʻyildi. Ayniqsa, oliy taʼlim muassasalari qoshida sport fakultetlari tashkil etilishi va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim integratsiyasining yorqin namunasidir.

    Sport yoshlarni nafaqat jismonan, balki maʼnan ham tarbiyalaydi. Ular jamoada ishlash, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengib oʻtish va maqsad sari intilish kabi muhim koʻnikmalarni egallaydilar. Shu sababli, jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimning integratsiyasi yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi va jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga xizmat qiladi.

    Oʻzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti ana shu maqsadlarga erishishda muhim oʻrin tutadi. Fakultet nafaqat sportchilar, balki sport menejmenti va taʼlim sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Fakultetning yutuqlari, ilmiy faoliyati va kelajakdagi rejalarini batafsil koʻrib chiqamiz. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim – bu jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Yurtimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda ularning intellektual rivojlanishini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

    2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3390-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Taekvondo va sport faoliyati fakulteti sport sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yetakchi markazlardan biri hisoblanadi. Fakultetning tashkil etilishi Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning bir qismi sifatida amalga oshirildi.

    Fakultetning asosiy maqsadi – xalqaro talab va standartlarga javob beradigan, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega sportchilar, murabbiylar hamda sport menejerlarini tayyorlashdir. Buning uchun fakultetda innovatsion pedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va ilgʻor ilmiy tadqiqot usullaridan foydalaniladi.

    Fakultet yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Sport faoliyati (sport turlari) bo‘yicha o‘qitish va amaliy tayyorgarlik uslublarini o‘zlashtirgan, uning tarixi, falsafasi va klassifikatsiyasini chuqur biladigan mutaxassislarni tayyorlash fakultetning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy qila oladigan mutaxassislarni va murabbiylarni tayyorlash ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

    Shuningdek, fakultet kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish uchun xorijiy va mahalliy yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislar va trenerlarni ta’lim jarayoniga jalb qilib kelmoqda.qiladi. Fakultet xalqaro ilg‘or tajribalardandan foydalanib, yuqori malakali sport murabbiylarini tayyorlash, yosh iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

    Shuningdek, ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirish, yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni yetishtirish fakultetning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoalariga nomzod sportchilarni tayyorlash, ularning xalqaro sport maydonlarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash uchun fakultet tomonidan maxsus dasturlar va metodikalar ishlab chiqilgan.

    Bugungi kunda fakultetda Taekvondo (WT), Dzyudo, Regbi, Erkin kurash va Kurash kabi sport turlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu sport faoliyati ta’lim yo‘nalishlari nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosida ham katta ahamiyat kasb etadi. Fakultetda sport menejmenti va sport tadbirlarini tashkil etish sohasida ham zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar yetishtirilmoqda. Ushbu mutaxassislar sport sohasi rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib, turli musobaqalar va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.

    Fakultetda o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar joriy etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida zamonaviy trening uslublari va ilmiy tadqiqot natijalaridan keng foydalanilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha dolzarb mavzular yuzasidan chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa nafaqat o‘quv jarayoni sifatini oshirishga, balki sportchi-talabalarni yuqori darajada tayyorlashga ham xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ularning sport menejmenti va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, universitetning xalqaro miqyosidagi nufuzini oshirishga qaratilgan loyihalar ham muhim o‘rin tutadi.

    Shu bilan birga, yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ularning sport menejmenti va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, universitetning xalqaro miqyosidagi nufuzini oshirishga qaratilgan loyihalar ham muhim o‘rin tutadi.

    Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimning integratsiyasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Sport va taʼlimning birlashuvi orqali yoshlarning jismoniy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, ularni milliy va xalqaro maydonda raqobatbardosh qilib tarbiyalash maqsad qilib qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-2030-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyalarida sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sport taʼlimida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilarni tayyorlash asosiy vazifalar sifatida belgilangan.

    Sport va taʼlimning integratsiyasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon, ayniqsa, Oʻzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti kabi sport ta’limi muassasalarida samarali amalga oshirilmoqda. Fakultetda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim uzviy bogʻliq holda olib boriladi, bu esa talabalar va sportchilarning akademik bilimlari va sport koʻnikmalarini uygʻun rivojlantirishga yordam beradi.

    Davlat dasturlari va rasmiy hujjatlar jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimni integratsiya qilish orqali sportchilarni tayyorlash jarayonida zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor pedagogik yondashuvlardan foydalanishni ragʻbatlantiradi. Bu esa sportchilar va murabbiylarning nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyat qozonishlariga imkon yaratadi.

    Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim integratsiyasini rivojlantirish sport infratuzilmasini yaxshilash, sport muassasalarini zamonaviy jihozlash, trener va oʻqituvchilarning malakasini oshirish, shuningdek, yoshlarni sportga jalb qilish kabi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu jarayon yoshlarning jismoniy sogʻligʻini mustahkamlash bilan birga, ularning aqliy va ruhiy kamolotiga ham hissa qoʻshadi.

    Fakultetning jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimni birlashtirishdagi roli nafaqat yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, balki ularning taʼlim jarayonida ilmiy tadqiqotlarni olib borishlari va sport menejmenti sohasida yetuk mutaxassis boʻlishlariga ham qaratilgan. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlimning integratsiyasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. 2023-2030-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyalarida sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilarni tayyorlash va taʼlim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qoʻllash belgilangan.

    Taekvondo va sport faoliyati fakulteti ilmiy va amaliy faoliyatni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Fakultet professor-oʻqituvchilari tomonidan har yili 100 dan ortiq ilmiy maqola, jumladan, xorijiy nufuzli jurnallarda chop etiladigan maqolalar, monografiyalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalar tayyorlanmoqda. Bu ilmiy ishlar sport taʼlimi, jismoniy tarbiya metodikasi va zamonaviy murabbiylik uslublarini oʻz ichiga oladi.

    Fakultetning ilmiy salohiyati nafaqat nazariy tadqiqotlar bilan, balki amaliy tajribalar bilan ham boyitiladi. Sportchilar tayyorlash jarayonida innovatsion texnologiyalar va ilgʻor ilmiy metodlardan foydalaniladi.

    Fakultet xorijiy mamlakatlardagi nufuzli fan va ta’lim markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Fakultet tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Koreya Respublikasining “Dankuk” va “Yongin” universitetlari, “Jahon Taekvondo sportini rivojlantirish” fondi, shuningdek, nufuzli (Top-1000) reytingidan o‘rin egallagan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron Islom Respublikasi hamda Rossiya davlatlari universitetlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Bugungi kunda fakultet ushbu tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

    Fakultetda yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar va olimlarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish maqsadida qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Koreya Respublikasining “Dankuk” universiteti professori Baek Mung Jong va Eron Islom Respublikasi taekvondo bo‘yicha mutaxassisi Ehsan Kolasangiyan bakalavriat talabalari uchun “Taekvondo nazariyasi va uslubiyati” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Shuningdek, Köln sport universiteti professori Karabeynikov Georgiy Valeryevich va Karabeynikova Lesya Grigorievna tomonidan ham maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Fakultetning bu kabi hamkorlik tashabbuslari ta’lim jarayonining sifati va sportchilarning respublika va xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

    Ilmiy-amaliy faoliyat doirasida fakultetda sport menejmenti, murabbiylik va sport pedagogikasi yoʻnalishlarida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Talabalar sport taʼlimi jarayonida ilmiy loyihalarda ishtirok etib, xalqaro tajribalarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar. Fakultetning ilmiy va amaliy faoliyati sportchilar va murabbiylarning professional rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

    Taekvondo va sport faoliyati fakulteti yosh sportchilarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Fakultet o‘quv dasturlari zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or pedagogik metodlarga asoslanib ishlab chiqilgan. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida ularning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish, texnik va taktika bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda ruhiy mustahkamlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

    Taekvondo fakultetning eng ommabop va talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda 305 nafar talaba tahsil olgan va olmoqda, shundan 135 nafari o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlangan. Ushbu ko‘rsatkich taekvondo mutaxassislariga bo‘lgan talab yuqoriligini ko‘rsatibgina qolmay, fakultet ta’lim dasturlarining samaradorligini ham tasdiqlaydi. Taekvondo ta’lim yo‘nalishi nafaqat yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga, balki jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilishga, yosh avlodning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.

    Bundan tashqari, fakultet tarkibida Sport faoliyati (sport turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda magistraturada 24 nafar talaba tahsil olmoqda, ulardan 13 nafari taekvondo yo‘nalishida ixtisoslashgan. Ushbu dastur mutaxassislarni chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularni xalqaro darajada raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

    Magistratura faqat yuqori natijalarga erishadigan sportchilarni emas, balki kelajakda sport sohasida yetakchi murabbiylar, sport menejerlari va ilmiy tadqiqotchilar bo‘lib yetishadigan mutaxassislarni tayyorlashga ham qaratilgan. Ushbu dastur sportning rivojlanishiga, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirishga va sport menejmentining yangi yo‘nalishlarini shakllantirishga katta hissa qo‘shmoqda.

    Fakultetning yosh sportchilari xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida fakultetning 9 nafar talabasining taekvondo va parataekvondo sport turlari bo‘yicha qatnashishi katta yutuq bo‘ldi. Ular 2 oltin va 2 kumush medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Ulug‘bek Rashitov va Asad Toshtemirov oltin medal sohibi bo‘lishgan bo‘lsa, Svetlana Osipova va Ziyoda Isoqova kumush medal bilan qaytishdi.

    Fakultet talabalari orasida turli sport turlari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlari g‘oliblari ham bor. Jumladan, 5 nafar talaba Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari, 17 nafar talaba jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari, 29 nafar talaba esa Osiyo chempionatlarida g‘oliblik va sovrindorlik sharafiga muyassar bo‘lgan. Bundan tashqari, 200 dan ortiq talaba respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan. Shuningdek, ushbu nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan sportchilarning Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari va bitiruvchilari ekanligi alohida e’tiborga loyiq. Bu esa universitetning ta’lim tashabbuslari hamda sport sohasidagi sa’y harakatlarining yuqori samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

    Bu muvaffaqiyatlarning ortida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil siyosat yotadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida sportga qaratilgan e’tibor, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh sportchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ularning xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu jarayonda Respublika assotsiatsiyalari va federatsiyalarining roli ham katta bo‘lib, ular sport turlarining tizimli rivojlanishini ta’minlash, sportchilarni tayyorlash jarayonini ilmiy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur sharoitlarni yaratishga katta hissa qo‘shmoqda.

    Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida fakultetning murabbiylar jamoasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ular sportchilarning individual qobiliyatlarini aniqlash, ularni rivojlantirish va musobaqalarga tayyorlashda yuqori professionalizm namoyish etadi.

    Fakultetda “Yosh olimlar” maktabi faoliyat yuritib, talabalarning ilmiy va sport sohasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Yosh sportchilar nafaqat musobaqalarda muvaffaqiyat qozonadi, balki ilmiy izlanishlar olib borib, sport sohasini rivojlantirishga ham o‘z hissalarini qo‘shadi.

    Iqtidorli sportchi-talabalarimiz orasida 2 nafari Zulfiya (Svetlana Osipova va Iroda Umirzakova) nomidagi davlat mukofoti sohibasi, 2024 yil 1 nafar Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi (Muxlisa Ergasheva), 1 nafar Paxlavon Mahmud davlat stipendiyasi sohibi (Dildora Isroiljonova), 1 nafar Prezident stipendiyasi sohibi (Mushtariy Razzoqova) tahsil olmoqda. Ushbu talabalar nafaqat sport sohasida yuqori natijalarga erishgan, balki ilm-fan, ta’lim va sportning uzviy integratsiyasiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ularning muvaffaqiyati fakultetning yuqori darajadagi ta’lim tizimi va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini ko‘rsatadi. Ushbu yutuqlar O‘zbekistonda sport sohasi rivojiga qo‘shilayotgan beqiyos hissaning yorqin namunasidir.

    Kelgusi yillarda fakultetning o‘quv va ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish, sport infratuzilmasini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Respublika va xalqaro sport federatsiyalari hamda xorijdagi yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, oʻqituvchilar va talabalarga xorijiy universitetlarda stajirovka, malaka oshirish va akademik almashinuv imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan. Fakultet, shuningdek, zamonaviy sport ilm-fan laboratoriyalari, sport texnologiyalari markazlari va innovatsion o‘quv-uslubiy majmualarni tashkil etishni maqsad qilgan.

    Jismoniy tarbiya va sport sohalari bo‘yicha yangi magistratura va doktorantura dasturlarini ishlab chiqish hamda sportchilarni tayyorlash tizimini zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali modernizatsiya qilish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Sport musobaqalarida ishtirok etish uchun zamonaviy tayyorgarlik bazalarini qurish va ularni ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Fakultet shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar va sport forumlarini o‘tkazish orqali o‘z ilmiy salohiyatini oshirish va yosh olimlar hamda mutaxassislarni tadqiqot faoliyatiga jalb etishga katta ahamiyat qaratadi.

    Fakultetning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarning intellektual va jismoniy rivojlanishiga hissa qo‘shish, jismoniy tarbiya va sport hamda taʼlim integratsiyasini yanada mustahkamlash, sport pedagogikasini rivojlantirish va zamonaviy trening metodikalarini ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, sport menejmenti bo‘yicha yangi kurslar va amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, sport ilm-fanini rivojlantirish bo‘yicha yangi laboratoriyalar ochish ham rejalashtirilgan.

    Taekvondo va sport faoliyati fakulteti o‘zining strategik yo‘nalishlari doirasida sport va taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish hamda xalqaro sport maydonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan yuqori malakali sportchi va kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratadi.

    Vladimir Rahimov,
    Professor

    Telegram kanalimiz
    Text to speech