Moliya vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha oʻtkazilgan tender tanlovlarida gʻolib investorlar aniqlangan.
Tenderlar natijalariga koʻra:
- Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib boʻlgan;
- Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib deb topilgan;
- GD Power-Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib deb topilgan.
Gʻolib boʻlgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.