Moliya vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha oʻtkazilgan tender tanlovlarida gʻolib investorlar aniqlangan.

Tenderlar natijalariga koʻra:

  • Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib boʻlgan;
  • Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib deb topilgan;
  • GD Power-Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha boʻyicha gʻolib deb topilgan.

Gʻolib boʻlgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi.