Bu haqda "Huquqiy axborot" portalida xabar berildi.
Shuningdek, yoshlarga quyidagi yordam turlari ko‘rsatiladi:
- moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (bazaviy hisoblashi miqdorining 4 baravarigacha – 1,2 million so‘mgacha) beriladi;
- yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha bazaviy hisoblashi miqdorining 4, bir oydan ikki oygacha bazaviy hisoblashi miqdorining 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;
- tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq bazaviy hisoblashi miqdorining 25 baravarigacha (7,5 million so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
- Respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi;
- yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun bazaviy hisoblashi miqdorining 50 baravarigacha (15 million so‘mgacha) miqdorda qoplab beriladi.