O'zbekistonlik dasturchi yigit “Amazon”da ish boshladi

    Qudratillo Ismatov Toshkentdagi INHA universitetida tahsil olgan.

    Vatandoshlarimizdan biri Qudratillo Ismatov nufuzli Amazon kompaniyasining Berlindagi ofisida muhandis-dasturchi sifatida ish boshladi, deb yozmoqda xabar.uz manbasi.

    Qudratillo Ismatov 2014–2018-yillarda Toshkentdagi INHA universitetining bakalavr bosqichida tahsil olgan. 2018–2023-yillarda “O'zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida faoliyat yuritgan.

    Ma'lumot uchun, FAANG (Facebook, Amazon, Apple, Netflix, Google) kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik dasturchi yoshlarning soni ko'payishda davom etmoqda.