Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilish va Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ushbu tuzilma doirasida ilgari surilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi haqiqatan ham jahon miqyosida ishonch va geosiyosiy qarama-qarshiliklar inqirozi kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda SHHtning nufuzi va mavqeini mustahkamlashga xizmat qildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali konseptual maqolasida aynan shu masalalarga, shuningdek, global tendensiyalarni chuqur tahlil qilishga, yangi muammolar va imkoniyatlar bilan oʻzaro bogʻliq dunyoda SHHTning xalqaro muammolar spiralidagi rolini baholashga katta eʼtibor qaratilgan.
Oʻzbekiston rahbari “Har birimiz kuchli boʻlsakkina SHHT kuchli boʻladi” degan shiorni eʼlon qilgani holda respublikaning tashkilotga raisligi mohiyatini ochib bergan. SHHT makonidagi davlatlarning yuksak insoniy, intellektual va texnologik salohiyatga, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga va hali toʻlaqonli foydalanilmagan tabiiy zaxiralarga ega ekani tashkilotning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi ham asosli ravishda qayd etilgan.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Oʻzbekistonning SHHTga raisligi davri yuksak saviyada oʻtdi va “Samarqand ruhi” hamkorlik, oʻzaro anglashuv va doʻstlikning timsoli sifatida tashkilotning butun mintaqa manfaati yoʻlida eng jadal va samarali rivojlanishiga xizmat qiladi.
"Dunyo» AA.