“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga oʻz vaqtida dividend mablagʻlarini toʻlab berish, toʻlab berilgan mablagʻlari haqida aksiyadorlarni xabardor qilish, toʻlov tizimini avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish, ortiqcha qogʻozbozlikdan voz kechish va yagona maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining tegishli mutasaddi boʻlinmalar tomonidan dasturiy taʼminot ishlab chiqildi.

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga 2019-yil yakuni boʻyicha hisoblanadigan dividend mablagʻlarini ushbu yangi dasturiy taʼminot orqali toʻlab berilishi rejalashtirilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati