Birinchi navbatda xuro mevasi. Qadim zamonlardan beri maʼlum boʼlgan xurmo mevalari soʼnggi paytlarda nafaqat yoqimli taʼmi bilan, balki sirop, sous va pishiriqlarga qoʼshimcha sifatida tobora ommalashib bormoqda.

Vegan (kabachka, ismaloq, yashil banan va hatto palma daraxtining oʼrtasidan tayyorlanadigan) makaroniga ham rekord darajada talab yuqori boʼlishi kutilmoqda.  

Mutaxassislarning fikriga koʼra dengiz karami ham oʼzining foydaliligi, ham dengiz mahsulotlariga taʼm beruvchi xususiyati bilan eng xaridorgir sabzavotlardan biri boʼladi. Yongʼoqning ortib borayotgan mashhurligi yongʼoq sutini, shuningdek, pishiriqlarga qoʼshiladigan yongʼoq unini isteʼmol qilishning koʼpayishi bilan bogʼliq boʼladi.

Shuningdek, roʼyxatda buta yoki kichik yapon daraxti mavjud. Uning mevalari va barglari kofein tarkibida ancha yuqori miqdorni tashkil etadi. Bu oʼsimlik qadim zamonlardan beri Amerikaning tub aholisi tomonidan qaynatmalar va infuziyalar shaklida ishlatilgan.

Biroq, barcha tendensiyalar faqat vegetarian taomlari bilan bogʼliq deb oʼylamang. Parranda goʼshti ham eng talabgir mahsulot boʼlishi bashorat qilinmoqda. Аmmo uning faqat maʼlum bir turi — yaxshi sharoitda yetishtirilgan tovuqlarga talab ortadi.