Parlament saylovlari tizimi o'zgaradimi?

    Ijtimoiy hayot 21 May 2020 2129

    “Milliy tiklanish” partiyasi tashabbuslari mamlakatimizdagi islohotlarda o'z aksini topmoqda. Partiya saylovoldi dasturining birinchi yo'nalishida mamlakatimiz saylovlarini majaritar va proportsional saylov tizimlarini uyg'unlashtirgan holda o'tkazish, ya'ni vakillik orgonlariga deputatlarning yarmini bir mandatli saylov okruglari, qolgan yarmini partiyalar ro'yhati asosida shakllantirishni taklif etgan edi. 

    Joriy yilning 21 may kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O'zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi. Unda qayd etilishicha parlamentda o'z fraktsiyasiga ega bo'lgan siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etish uchun saylovchilarning qo'llab-quvvatlovchi imzolarini to'plashi shart emasligi, haqidagi qoida o'rnatilishi mumkinligi, parlament saylovlarida majoritar tizimdan aralash (majoritar proportsional) tizimiga o'tish masalasi ham o'rganib chiqiladi. Farmon loyihasi muhokamasi joriy yilning 6 iyuniga qadar davom etadi.

    Bugungi xalqimiz siyosiy saviyasi, xuquqiy bilimi, fuqarolik pozitsiyasi bilan kechagidan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari saylov qonunchiligimizda ham o'zgarish katta. Ochiq, shaffof va mustaqil tanlov uchun imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Bunga yagona “Saylov kodeksi”ni qabul qilingani, siyosiy partiyalar soni bittaga ortgani va nomzod ko'rsatish vakolati faqat siyosiy partiyalarga berilganida ham ko'rish mumkin.

    Siyosiy ongi va dunyoqarashi rivojlangan saylovchilar bugun kimga va nima sababdan ovoz beradi?

    Ko'pchilik tajribali siyosatchilar tomonidan o'z xaq-xuquqini qo'rqmay himoya qilish jur'ati shakllangan saylovchilarimiz, takomillashgan qoununchilik, chinakam raqobatlashayotgan va safi kengaygan siyosiy partiyalarni hisobga olsak bu yilgi saylovlar nihoyatda qizg'in tus olganligi e'tirof etildi.

    Mamlakatimizdagi barcha siyosiy partiyalarning maqsadi bir, ammo ungacha borish uchun tanlagan yo'lari bir-biridan farq qiladi. Saylovda nafaqat nomzodlar o'rtasida balki g'oyalar o'rtasida ham kurashlar bo'ladi. Qaysi siyosiy partiya eng ko'p ovozga ega bo'lsa, demak xalqimizning ko'pchilik qismi tomonidan o'sha partiya ilgari surayotgan g'oya tan olinganligini anglatadi. Bu esa milliy saylov tizimi nafaqat davlat hokimiyati organlarini demokratik shakllantirish tizimining muhim unsuri, balki fuqarolik jamiyatining davlat boshqaruvida ishtirok etish darajasi ko'rsatkichi ekanligini ham anglatadi.

    eng quvonarlisi bu yilgi saylovlarda siyosiy partiyalarning ham imkoniyati kengaytirildi. YA'ni siyosiy maydondan ekologik xarakat va boshqa tashabbuskor guruhlarga joy berilmadi. To'liq siyosiy partiyalar egalladi. endilikda siyosiy partiyalar Qonunchilik Palatasiga bo'lib o'tadigan saylovda 135 o'rinni emas, balki Oliy Majlis Qonunchilik Palatasini to'liq qamrab olish xuquqiga ega bo'ldi. Bu albatta partiyalarning o'zini namoyon qilishiga, Parlamentda ko'proq o'rin olishiga, ko'ppartiyaviylik va partiyalararo raqobatni rivojlantirishga imkoniyat yaratdi.
    Biroq ko'pchilik saylovchilar uchun partiyalar ilgari surayotgan g'oyalarni ham ular tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatning ham ahamiyati yo'q, o'zlari tanigan, yaxshi bilgan, ishongan nomzodga ovoz berishni maqul topadilar. Bu holat 2014 yilda bo'lib o'tgan saylovlarda o'z aksini topgan edi.

    YUrtimizda ham asta sekin faqat nomzodlar uchun emas, balki siyosiy partiyalar faoliyati, g'oya va maqsadlariga qarab ovoz berish jarayoni amalda shakllanib bormoqda. SHu bois parlament saylovlarida majoritar tizimdan aralash (majoritar proportsional) tizimiga o'tish masalasi ham o'rganib chiqilishi to'g'ri qaror bo'ladi. Saylov tizimi o'zgarsa partiyalarning aholi bilan munosabatlari ta'sirchan va natijali bo'lishiga yanada sharoit yaratiladi va partiyalar bosh o'ringa chiqadi. SHu so'ngi yillarda O'zbekistondagi partiyalar ancha faollashdi, jumladan viloyatimizda ham. Qaysi partiya o'z dasturi orqali xalqni maqsad muddaolarini ifoda etib, ularni ro'yobga chiqarishga ishontira olib, munosib harakat qilgandagina ko'p ovoz olishga erishdi.

    Agar odamlar partiya kuchi va ko'magini amalda xis etsa, partiyalar saylovchilarning muammolariga echim topib bera olsa nomzodning kimligi saylovchini u qadar o'ylantirmaydi, sababi u nomzodni ilgari surayotgan partiyaga ishonadi va biladiki u bilgan siyosiy partiya nomunosib nomzodni ilgari surmaydi. Partiyaga bo'lgan etiqodi tufayli uning nomzodlariga ovoz berishga tayyor bo'ladi.

    Umuman olganda mamlakatimizda saylov tizimini o'zgarishi bo'yicha partiyamiz o'z saylovoldi dasturida aniq takliflarini bildirgan va bugungi kunda ushbu masala hukumatimiz e'tibor markazida turibdi. Bundan ko'rinadiki, partiya o'z saylovoldi dasturida bugunning muhim masalalarini belgilagan va ijrosi bo'yicha tashabbuslarni o'z o'rnida ilgari surmoqda.

    YUqorida bayon etilgan asosiy vazifalarni ilgari surib, partiyamiz jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish, erkinlashtirishga muntazam intiluvchi siyosiy kuch sifatida amaliy takliflar partiyasi bo'lib qolaveradi. U o'z mavqeini mana shundan muhim tashabbuslar bilan yuksaltirishda davom etadi. Zimmamizdagi vazifalarni mas'uliyat bilan sidqidildan bajarishga esa hamisha tayyormiz!


    Xamidjon OMANOV
    “Milliy tiklanish” partiyasi
    Andijon viloyat Kengashi raisi,
    viloyat Kengashi deputati