11-yanvardan OTMlarda anʼanaviy taʼlim boshlanadi

    Ta'lim 4 Yanvar 2021 8332

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev maʼlum qilishicha, 11-yanvardan OTMlarda anʼanaviy taʼlim boshlanadi.

    Barcha OTMlar tomonidan oʻquv jarayonini anʼanaviy tarzda boshlash boʻyicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanadi.

    Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning oʻqishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini oʻrganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud boʻlgan talabalar anʼanaviy taʼlimga toʻliq jalb etiladi.