Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.
Taʼkidlashicha, termogigrometrik koeffitsent nuqtayi nazardan, yuqoridagi muddat oraligʻida inson tanasi mavsum uchun birinchi “diskomfort” issiqlik hissiyot sharoitini qabul qildi.
Cutkaning 14.00 va 17.00 muddatida poytaxt aholisi tanasi hattoki “issiq” bioiqlimiy sharoitni his qildi.
Havoda suv bugʻi parsial bosimi 8-12 gPa oraligʻida oʻzgardi, bu inson terisida “dimiqish” holatlari kuzatilishiga (18 gPa dan yuqorilasa bu hodisa roʻy beradi) olib kelmaydi, ammo atmosfera bosimining pasayishi va mavsum uchun birinchi “diskomfort” va “issiq” bioqlimiy sharoiti kishilarda xalovatsizlikni keltirib chiqardi.