Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Iqtisodiy rivojlanish uchun qadriyatlar qurbon qilinmasligi kerak”

    Saylov 7 Oktabr 2021 1300

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda iqtisodiy sohadagi vazifalariga alohida to‘xtaldi.

    – Tajriba qadriyatlar, madaniyat va ibratli an’analarni unutgan jamiyatlar to‘la baxtli bo‘la olmayotganini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy rivojlanish uchun qadriyatlar qurbon qilinmasligi kerak, – dedi A.Qodirov. – Kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlashning qadriyatlarga tayangan yangi tizimi joriy etiladi. Kam ta’minlangan oila a’zolarini ish bilan band qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berish tartibi joriy etiladi.

    Prezidentlikka nomzod sud-huquq tizimida tub islohotlar o‘tkazilishini bildirdi. Tizimli o‘zgarishlar sud hokimiyatida adolatni kafolatlash tizimini yaratish, sohaga yangi avlod vakillarini jalb etish orqali amalga oshirilishi, jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkazilishi, jazoni ijro etish muassasalaridan jazoni o‘tab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslashishi uchun huquqiy asoslar kuchaytirilishini ta’kidladi.