Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Keyingi besh yillikda mamlakatimiz avvalgi yillardan ancha rivojlanadi”

    Saylov 25 Sentabr 2021 1240

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning Toshkent viloyatilik saylovchilar bilan uchrashuvi qizgʻin savol-javoblar, munozaralarga boy boʻlmoqda.

    Unda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf qilish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

    — Oʻzbekiston oʻzgarish yoʻliga kirdi, — dedi A.Qodirov. — Ham iqtisodiy, ham maʼnaviy va ijtimoiy islohotlarga boy tarzda aholi farovonligini oshirish bizning kelgusi maqsadimizdir. Barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiyotda davlat aralashuvi kamaymas ekan, maqsadlarimizga erishishimiz qiyinlashib boraveradi.

    Xususan, qishloq xoʻjaligi boʻyicha islohotlar mamlakatimiz uchun juda muhim. Shuni eʼtiborga olib, sohada jahon tajribasini tatbiq etish, marketing va eksportni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kerak. Bizda fermerlar bu ishlarni qilgisi keladi. Biroq hammada ham bunga imkon yoʻq. Fermer xoʻjaliklariga erkinlik bersak ular bemalol rivojlanadi.