Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov: “Taʼlimda, ayniqsa, xatolarga oʻrin boʻlmasligi kerak”

    Saylov 25 Sentabr 2021 1767

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan uchrashuvda oliy taʼlim tizimidagi muammolarga toʻxtaldi.

    — Nostrifikatsiya masalalarini men notoʻgʻri, deb oʻylayman, — dedi A. Qodirov. — Chetda oʻqib, yaxshi mutaxassis boʻlib qaytganlarga qulaylik yaratish lozim. Bizda oliy taʼlimga kirish oson, oʻqish qiyin boʻlsin. Busiz kutilgan darajaga erishib boʻlmaydi.

    Bizni oliygohlarda oʻqishga kirishga talab yuqori. Oʻqishni boshlanganidan keyin toʻlov kontrakt toʻlab, bir amalab oʻqishni bitirib ketadi. Natijada tayyorlangan mutaxassislar malakali boʻlib yetishmayapti. Taʼlimda, ayniqsa, xatolarga oʻrin boʻlmasligi kerak. Bu jamiyatimizning barcha jabhalarida salbiy taʼsir koʻrsatadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan uchrashuvda oliy taʼlim tizimidagi muammolarga toʻxtaldi.