Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida asalarichilik majmuasi ochildi

    Agrosektor 23 Mart 2021 3375

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktyabrdagi “Respublikada asalarichilikni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3327-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston asalarichilari uyumasi tashkil etildi.

    Qarorda asalarichilar uyushmasining asosiy vazifasi etib Respublikamizda asalarichilik sohani rivojlantirish va sohaga ilgʻor chet el tajribalarini joriy qilish hamda har bir xududda asalarichilik ilmiy ishlab chiqarish kompelkslarini tashkil qilish belgilab berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosining yorqin namunasi sifatida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tashkil etilgan asalarichilik majumasini koʻrishimiz mumkin.

    Ushbu markazda asalarichilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar va aholini oʻqitish, amaliy va nazariy bilimlar berish hamda asalarichilarni malakasini oshirish bilan birga qatorda viloyat asalarichilari uyushmasi bilan hamkorlikda aholini daromad manbalarini oshirish va bandligini taʼminlash maqsadida yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga soha boʻyicha nazariy va amaliy bilim berish, oʻqitish yakunida asalari oilalarini taʼminlash bilan bir qatorda ularning badligini taʼminilashadi.

    Bundan tashqari asalarichilikda zotli ona ari yetishtirish, qishloq xoʻjalik ekinlarini asalarilar bilan changlatish orqali hosildorligini oshirish boʻyicha viloyatda samarali ish olib borish va oʻquv amaliy seminarlar tashkil etishda asalarichilik majmualarini oʻrni juda katta.

    Prezidentimiz sohada isloxatlarni amalga oshirishda har bir xududda asalarichilik majmualari va klasterlarni tashkil qilishga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlab oʻtgan.

    Ushbu isloxatlar natijasida asalari oilalari soni, asal yetishtirish hajmi koʻpaytiriladi va ishsiz yoshlar hamda aholi ish bilan taʼminlanadi.

    Bugungi kunda Respublikamizda asalarichilik sohasida bir muncha natijalarga erishildi.

    Shu jumladan:

    2020-yilda asalarichilik subyektlari sonini 14 ming 870 taga, asalari oilalari sonini 907 ming 283 ta (111 foiz)ga, asal yetishtirish hajmini 21 ming 410 tonna (112 foiz) oshirildi.

    Oʻzbekiston sharoitida zotli ona asalarilarni asalarichilik-naslchilik xoʻjaliklarida koʻpaytirish ishlarini takomillashtirish va asalari oilalarining zotini yaxshilash boʻyicha 2019-yilda olib kelingan “Karpat” va “Karnika” zotli ona asalarilardan sifatli asalari oilalari yetishtirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kungacha mahalliy sharoitda 400 mingdan ortiq zotli ona ari yetishtirish yoʻlga qoʻyildi.

    2020-yilda 783,8 AQSH dollar qiymatida 243 ming dona asalari paketlari eksporti amalga oshirildi.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO BMT) “Asalarichilikni barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida asalarichilik sohasi uchun mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, asalarichilik sohasida taʼlim tizimini takomillashtirish hamda asalari oilalarini qishloq hoʻjalik ekinlariga joylashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqilmoqda.