Qashqadaryo viloyatida isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi

    Voqea-hodisalar 3 Yanvar 2024 736

    Fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan viloyat YHHB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirildi. Fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.