Adliya vazirligida “Jacobs, Cordova and Associates” xalqaro konsalting tashkiloti vakillari ishtirokida “Qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta`sirini baholashning fundamental asoslari va xalqaro amaliyot” mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda 30 dan ortiq vazirlik va idoralarning hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholash bo'yicha mas'ul xodimlari, shuningdek, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb qilingan “Jacobs, Cordova and Associates” xalqaro konsalting tashkiloti katta direktori – TSezar` Kordova va iqtisodiy rivojlanish bo'yicha maslahatchisi – Joze Armando ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida o'tkazilgan seminarni tashkil etishdan maqsad vazirlik va idoralarning, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tartibga solish ta'sirini baholash bo'yicha mas'ul xodimlarida qonun hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholashga oid bilim, malaka va amaliy ko'nikmalarini oshirish hamda ushbu sohadagi xalqaro amaliyot bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Ta'kidlash joizki, 2021 yil 15 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tartibga solish ta'sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilinib, mamlakatmizda tartibga solish ta'sirini baholash tizimini ikki bosqichda joriy etish belgilandi. Xususan, birinchi bosqich - 2022 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'ektlariga ruxsat berish, litsenziyalash, yangi cheklovlar va qo'shimcha talablar joriy etishga oid qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini, ikkinchi bosqich - 2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof-muhitga ta'sir ko'rsatuvchi barcha qonunchilik hujjatlari loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazish ko'rsatib o'tilgan.
Tadbirda doktor TS.Kordova tartibga solish ta'sirini baholashga oid xorijiy mamlakatlar amaliyoti, sifatsiz va samarasiz qonunchilik hujjatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida ishtirokchilarga amaliy misollar bilan ma'lumot berdi. SHuningdek, ma'ruzachi mazkur tartib-taomil dunyoning 60 dan ortiq davlatlarida yo'lga quyilganligi, O'zbekistonda ham uning huquqiy
va metodologik asoslari yaratilganligini e'tirof etdi.
J.Armando tartibga solish ta'sirini baholashga oid eng yaxshi davlatlar amaliyoti, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar va ularni engillashtirish usullari haqida to'xtalib o'tdi. Xususan, AQSHda ham mazkur tizim 30 yil davomida yo'lga qo'yilganligi ta'kidlab o'tdi.
Seminarda qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholash yo'nalishida O'zbekistonning salohiyati etarli ekanligi, salmoqli ishlar amalga oshirilganligi, vazirlik va idoralarda tarkibiy tuzilmalar yaratilganligi va erishilgan dastlabki natijalar haqida aytib o'tildi.
Ma'lumot uchun: joriy yilda Adliya vazirligiga ekspertizaga kelib tushgan qonunchilik loyihalarining 170 tasida (11 foizida) tadbirkorlarga ortiqcha va qo'shimcha xarajatga olib kelishi mumkin bo'lgan 220 dan ortiq huquqiy normalar aniqlangan
va ularning qabul qilinishining oldi olingan.
SHu bilan birga seminar yakunida, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan uchrashuvlarini ko'paytirish, eng muhimi mamlakatmizda mazkur tizimni yanada takomillashtirish, xususan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) hamda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini (project.gov.uz) tartibga solish ta'sirini baholash bo'yicha modernizatsiya qilish yuzasidan tegishli texnik vazifalar ishlab chiqish, tartibga solish ta'sirini baholashdan o'tkazish bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirib borishga qaratilgan tstb.gov.uz onlayn o'quv platformasini joriy etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi, deb xabar beradi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.