Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi saytida maʼlum qilindi.
“Koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlandi”, deyilgan xabarda.
Vazirlik saytida maʼlum qilinishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) birinchi va ikkinchi bosqich sinovlarini oʻtkazishga ruxsat bergan.
Vaksinaning klinik sinovlarida 18 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan 244 nafar sogʻlom koʻngillilar ishtirok etadi.
28-avgust kuni JSST Qozogʻiston vaksinasini klinik sinovlardan oʻtkazilishiga ruxsat berilgan nomzod vaksinalar roʻyxatiga rasman qoʻshgani haqida maʼlum qilingan edi. Mazkur vosita Qozogʻiston Taʼlim vazirligi fan qoʻmitasi biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.