Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 16-iyun soat 00:00 dan 7.00 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarda avtotransport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi.
Mirzo Ulugʻbek tumani :
“Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi - Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli - Sultoniya koʻchasigacha.
Bektemir tumani :
“Xoʻton”" masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi - Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.
Olmazor tumani:
“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi - KXAY– Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon - Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.
“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.
Shayxontoxur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
“Xoʻja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.
“Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi – Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon koʻchalari chorrahasigacha.
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
“Abdullox ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.
"Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Maxorat koʻchalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
“Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.
“Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi - Imom Buxoriy - Choʻlpon koʻchalari chorrahasidan, Choʻlpon - Salohiyat koʻchalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi TXAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan TXAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Shuningdek, 16-iyun soat 00:00 dan 10:00 ga qadar poytaxtimizda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati toʻliq (kirish-chiqish-shahar ichida harakatlanish) vaqtincha cheklanadi.