“Qustanayda ishlab chiqarilgan avtomobillarning eksporti Qozog'iston-O'zbekiston qo'shma loyihasining rivojidagi navbatdagi qadam bo'ldi. erishilgan kelishuvlar shartlariga ko'ra, ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillari Qozog'iston ichida sotilishidan tashqari, Belorus` va Rossiya Federatsiyasi bozorlariga eksport qilinadi”,- deyiladi xabarda. 

eslatib o'tamiz, joriy yil 28 martda “SariarkaAvtoProm”da Chevrolet avtomobillarining keng qatorini ishlab chiqarish boshlangandi. Zavodning quvvati General Motors talablariga muvofiq mahsulotlar chiqarish va, yaqin kelajakda, ishlab chiqarilayotgan modellar qatorini kengaytirish imkonini beradi.

Qayd etish o'rinliki, Qozog'istonda hozirda Chevrolet Nexia, Cobalt, Tracker, Malibu, Damas va Trailblazer avtomobillari sotilmoqda.

“Birinchi bosqichda Qozog'istonda konveyerdan chiqqan Chevrolet Nexia va Cobalt bilan birga, Rossiya salonlarida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark ham taqdim etiladi. Ushbu avtomobillarning muhim raqobat afzalliklari narx, jihozlanganlik va sifatning mutanosibligi sanaladi”,- ta'kidlaydilar Chevroletning Rossiya bozoridagi rasmiy distrib`yutori – “Keles Rus” (“Keles Distribushn” tarmog'ining sho''ba tashkiloti) vakillari.

Bugungi kunda, Rossiya hududini bir tekisda qamrab olish maqsadida, ushbu mamlakat hududidagi yirik shaharlarda joylashgan o'nlab nomzod-korxonalar ommaviy segmentdagi Chevrolet dilerligiga da'vo qilmoqdalar. Ulardan birinchilari Orenburg va Vologdada sotuvlarni boshlab yuborishdi, yaqin orada esa, Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar, Rostov-Don va boshqa, aholisi milliondan oshuvchi shaharlardagi sheriklar tufayli dilerlik tarmog'i kengayadi.

eksportga yo'nalganik, mahalliylashtirishni rivojlantirish bilan bir qatorda, avtomobil` ishlab chiqaruvchilar uchun eng muhim vazifalar sirasiga kirishini qayd etamiz.