Mazkur poyezdlar 2021-yil 15, 19, 22, 26, 29-noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yoʻlga qoʻyilgan, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, xabar orqali Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkinligi eslatiladi.