Samarqand xalqaro aeroporti 2023-yilning birinchi yarmida tarixiy rekordni yangiladi

    Transport 7 Avgust 2023 2127

    Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foizga yoki 241 080 yoʻlovchiga koʻp.

    Samarqand xalqaro aeroporti 2023-yilning birinchi yarmida tarixiy rekordni yangiladi va qariyb 440 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi.

    Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foizga yoki 241 080 yoʻlovchiga koʻp.

    Yoʻlovchilar oqimining koʻpayishi yetakchi tashuvchilarning samaradorligini oshirish va yangi sheriklarni jalb qilish bilan bogʻliq: 2023-yilda Samarqand aeroportidan 2 ta xorijiy aviakompaniya (Jazeera Airways, A/K Pobeda) va Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy aviakompaniyasi Silk Avia parvozlarni Toshkent, Buxoro va Urganch shaxarlarga parvozlarni amalga oshirmoqda.

    Yoʻlovchi oqimining asosiy oʻsishi xalqaro yoʻnalishlarga toʻgʻri keldi: ushbu reyslarda qariyb 394 ming yoʻlovchilarga (+116,9%) xizmat koʻrsatildi. Samarqanddan Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Dubay va Abu-Dabiga parvozlar 2023-yilning birinchi yarmida eng mashhur boʻldi.