O‘rganishlardan kelib chiqib, tadqiqotchilar topilmalarni 9540-9890 yillar oldin paydo bo‘lgan deb hisoblashmoqda.
Olimlar qatronda mavjud bo‘lgan mikrobial DNK ketma-ketligini zamonaviy va qadimgi mikrobiomalari bilan solishtirishdi. Bunda ular periodontit (tish kasalligi) bilan bog‘liq bo‘lgan bakteriyalarning yuqori darajasini aniqladilar. Boshqa turlar, jumladan Streptosossus sobrinus va Parassardovia dentisolens tish kariyesining ko‘rsatkichlari ham ko‘p topilgan.
Ilmiy izlanishlar orqali nafaqat qadimgi skandinaviyaliklarning sog‘liqlarini, balki ular oziqlangan o‘simlik va hayvon turlarini ham aniqladi. Qadimgi skandinaviyaliklar olma, findiq, alabalik, kiyik go‘shti, mollyuskalar, o‘rdak va boshqa qushlarning go‘shti bilan oziqlanishgan.
Ular tishlarini chaynashdan tashqari suyaklarni qayta ishlab ularni asbobga aylantirgan. Tishlar tulki, bo‘ri va arktik tulkining terisini bilan ishlashda ham yordam bergan.