Yaʼni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan maʼlum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.
Guvohi boʻlyapmizki, soʻnggi kunlarda keskin sovuq tushishi natijasida bozordagi ayrim meva-sabzavot mahsulotlari muzlab qolgan.
Bu mahsulotlar oʻzining organoleptik xususiyatlari — mazasi, taʼmini yoʻqotadi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi. Shuningdek, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi.
Albatta, ular zaharlanishlarga olib kelmaydi, lekin barcha foydali xususiyatlarini yoʻqotadi va ularning muzdan tushgandan keyin saqlash muddatlari keskin kamayib ketadi.
Masalan, “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari” 0027-22-son SanQvaNning 79-bandida ham UOK (korxonalarda) muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmagan.
Bugungi kunda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda ishchi guruh dehqon bozorlarida aholi uchun qulay sharoit yaratilganligi, bozorlarning sanitariya-gigiyena holati 0035-22-son SanQvaN talablariga javob berishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilib, tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.