Unda mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan ommaviy axbort vositalari xodimlar, mustaqil jurnalist va blogerlar hamda 11 ta xorijiy mamlakat jurnalistalari ishtirok etdi.

Qizgʻin bahs, muzokaralarga boy boʻlgan anjumanda jurnalistikaning zamonaviylashuvi, ijtimoyi jurnalstikaning internet va ijtimoiy tarmoqlardagi hamohangligi va oʻziga xosligi, bosma nashrlarning tranformatsiyasi, Oʻzbekiston media maydonidagi prinsipial va etnik muammolar, jurnalist surishtiruvining bugungi kundagi oʻrni va ahamiyati, globallashuv jarayonida matubotda janrlarni tanlash tajribasi, axborot siyosati qonunchililigida kutilayotgan oʻzgarishlarga eʼtibor qaratildi.

— Ommviy axboort vositalari davlat, xalq uchun har doimgidan ham koʻproq kerakligini, jamiyatda oʻrni mavjudligini barcha tan olmoqda, —deydi anjuman ishtirokchisi, “Dunyo” axborot agentligi bosh direktori Sadiriddin Suyarov. — Bundan tashqari, sohada turli xillilik vujudga keldi. Avvallari bir fikr aytilsa, aksariyat insonlar shu fikrga ishonishgan, tahlil qilishmagan, qarshi fikr aytilmagan. Hozir esa barcha bu fikrga turli rakurslardan qarab, oʻz soʻzini turli xil koʻrinishda ayta olyapti, oʻz takliflarini bildiryapti. Bu orqali axborot olamining rang-barangligini koʻrsatib beryapti. Albatta, bunda meʼyor, xolislik birinchi darajada turishi lozim. Sohaga davlat rahbarining shaxsan oʻzi eʼtibor qaratgani, ularning manfaatlarini, shaxs daxlsizligini taʼminlashga oid chiqarayotgan farmon va qarorlari ham matbuotga yangicha nafas, yangicha ruh olib kiridi.

— Rivojlangan mamlakatlar jurnalistikasi yoki jurnalistlarining faoliyatiga nazar solsak, turli farqlar, tafovutlarni kuzatamiz, — deydi Moskva davlat universiteti junalistika fukulteti dekani oʻrinbosari Olga Smirnova. — Oʻzbekistonga bundan 40 yil oldin kelganman. Oʻzbekiston mening ikkinchi vatanim desam mublogʻa boʻlmaydi. Otam, togʻalarim shu yerda tugʻilib kamolga yetgan. Shu bois yurtingizda boʻlayotgan oʻzgarshlarni katta qiziqish bilan kuzatib boraman. Ayniqsa, keyingi besh yilda soʻz, matbuot, media maydonining ekin qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar quvonarli. Alabata, bu sohada qilinishi kerak boʻlgan, yechimini kutib turgan muammolar borligidan ham koʻz yumib boʻlmaydi. Bugungi xalqaror anjuman ana shu jihatlarni bargalikda hal qilish, hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, oʻzaro fikr almashishda muhim ahamiyatiga egaligi bilan eʼtiborni tortadi.

Anjumanda berilayotgan maʼlumotlar toʻgʻri yoki notoʻgʻriligiga jiddiy eʼtibor qaratilmay, boshqa sayt yoki nashrlardan avvalroq ommaga taqdim etish holari kuzatilayotgani qayd etildi. Berilayotgan xabarni kengroq oʻrganish, tahlil qilish, yutuq va kamchiliklari haqida fikr bildirish muhim ekanligiga taʼkidlab oʻtildi.

Rasuljon KAMOLOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.