Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Ta'kidlash kerakki, ayni damda nafaqat butun dunyoda, balki, yurtimizda ham kitobxonlikka katta e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o'z nutqlarida bir necha bor yoshlar ko'proq kitob o'qishi kerakligini ta'kidlagan.

Kitobxonlik borasida bir qator tashabbuslar ilgari surilgan, bir nechta loyihalar amalga oshirilgan va oshirib kelinmoqda. Toshkentda ilk marta o'tkazilgan “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob-koʻrgazma yarmarkasi ham fikrimizning isbotidir.

Qolaversa, bugun chekka-chekka hududlarda ham kutubxonalar tashkil etilib, butun dunyodan qimmatli, noyob kitoblar olib kelinmoqda. 2022–2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishga katta e'tibor qaratildi.

Kitobxonlarning vaqtini tejash, qulaylik yaratish uchun esa "Ekspress kutubxona" loyihasi yo'lga qo'yildi. Tabiiyki, bu kabi islohotlar YUNESKO Bosh direktori Odri Azule tomonidan bir necha bor ijobiy baholangan.

Ma'lumot uchun, YUNESKO har yili jahon kitob poytaxtini belgilaydi. 2001-yildan hisoblaganda Strasburg bu nomga munosib ko'rilgan 24-shahar hisoblanadi (Madrid (2001), Aleksandriya (2002), Nyu-Dehli (2003), Antverpen (2004), Monreal (2005), Turin (2006), Bogota (2007), Amsterdam (2008), Bayrut (2009), Lyublyana (2010), Buenos-Ayres (2011), Erevan (2012), Bangkok (2013), Port-Xarkort (2014), Incheon (2015), Vrotslav (2016), Konakri ( 2017), Afina (2018), Sharja (2019), Kuala-Lumpur (2020), Tbilisi (2021), Gvadalaxara (2022) va Akkra (2023).

YUNESKOning Butunjahon kitob poytaxti maslahat qoʻmitasi tarkibiga Yevropa va Xalqaro kitob sotuvchilari federatsiyasi (EIBF), Xalqaro mualliflar forumi (IAF), Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasi federatsiyasi (IFLA), Xalqaro noshirlar assotsiatsiyasi (IPA) va YUNESKO vakillari kiradi.