Sun’iy intellekt magnit bo‘ronlarini prognoz qiladi

    Hayot uchun xavfli tornadolar haqida barvaqt ogohlantiruvchi sirenalar platformasidagi kabi endilikda sun’iy idrok (AI) va NASA sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini birlashtirgan yangi kompyuter modeli xavfli kosmik ob-havo haqida signal berish imkoniyatlarini vujudga keltirdi,

    Model sun’iy idrokdan foydalanib, kosmik kemalar tomonidan quyosh shamolini o‘lchash ma’lumotlarini (Quyoshdan materiyaning (plazma) oqimi) tahlil qiladi va 30 daqiqalik oldindan ogohlantirish bilan yaqinlashib kelayotgan quyosh bo‘roninini barvaqt prognoz qiladi. Bu geomagnit bo‘ronlariga tayyorgarlik ko‘rish va elektr tarmog‘i hamda boshqa muhim infratuzilma uchun jiddiy oqibatlarning oldini olish uchun yetarli vaqtni ta’minlashi mumkinligin anglatadi.

    Quyosh doimiy ravishda quyosh chaqnashlari natijasida kuchsiz va kuchli chaqnashlar shaklida o‘z plazmasini "quyosh shamoli" deb nomlanuvchi doimiy oqim shaklida kosmosga uloqtiradi. Ushbu quyosh plazmasi Yerning magnit muhiti "magnitosferasiga" kirganda, u geomagnit bo‘ronlarni keltirib chiqaradi. Ushbu magnit bo‘ronlarning intensivligi kuchsizdan o‘rtacha darajagacha o‘zgarishi mumkin. Ba’zi holatlarda kuchli magnit bo‘ronlari texnologik qurilmalarni ishdan chiqarish ham mumkin.

    Masalan, 1989-yildagi halokatli magnit bo‘roni Kvebek bo‘ylab 12 soat davomida elektr uzilishiga olib kelgan, millionlab kanadaliklarni zulmatda qoldirgan. Natijada maktablar va korxonalar vaqtincha yopilgan. Kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli magnit bo‘roni 1859-yildagi Karrington voqeasi hisoblanib, u telegraf stansiyalarida yong‘inlarni keltirib chiqarib, aloqa xabarlari yuborilishiga to‘sqinlik qilgan.

    Agar Karringtondagi voqea bugun sodir bo‘lganida, bu keng tarqalgan elektr uzilishlari, doimiy elektr uzilishlari va global internet aloqalardagi uzilishlar kabi yanada jiddiy oqibatlarga olib kelgan bo‘lar edi. Bunday texnologik betartiblik iqtisodiyotga zarar yetkazishi va butun dunyo bo‘ylab odamlarning xavfsizligi, turmush tarziga xavf tug‘dirishi mumkin.

    2024-2025-yillarda geomagnit bo‘ronlarining so‘nggi 12 yillikdagi siklik o‘zgarishining maksimum davrida mazkur texnologiya hali insoniyatga ko‘pdan-ko‘p muammolarga qarshi turish uchun yetarlicha vaqtni yaratadi.