Xususan, bugun Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko'magida “O'zbekistonda suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda salohiyatni oshirish” loyihasi bo'yicha o'quv kurslarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Loyiha CLEANTECH LATVIA  kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. O'quv kurslari 21 sentyabrdan 24 sentyabrga qadar davom etadi.

Loyiha rasmiy ochilish marosimida Latviyaning O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troksh, “CLEANTECH LATVIA” kompaniyasi ijrochi direktori eviya Pudane,  “O'zsuvta'minot” AJ rahbariyati va mutaxassislari, jamiyatning loyiha ofisi hamda hududiy suv ta'minoti korxonalari vakillari ishtirok etdi.   

O'quv dasturi doirasidagi delegatsiya tarkibiga tajribali mutaxassislar jalb etildi.

O'quv kurslarida ishtirok etayotgan “O'zsuvta'minot” AJ xodimlariga loyihani amalga oshirish doirasida ko'zda tutilgan mavzular bo'yicha batafsil tushuncha berish maqsadida maxsus seminarlar dasturi ishlab chiqilgan.

Mutaxassislar investitsiya loyihalarini qanday amalga oshirish, monitoring, nazoratni qanday olib borish va natijalarga qanday baho berish bo'yicha ma'lumot beradi.

Seminarlarning katta qismi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga bag'ishlangan. Shuningdek, seminarlarda xaridlarni boshqarish, shartnomalarni nazorat qilish masalalariga hamda “FIDIC”ning “qizil” va “sariq” kitoblariga to'xtalib o'tiladi. Aholi uchun tariflarni hisoblash va loyihalar bo'yicha moliyaviy hisobotni yuritish muhokama qilinadi.

O'quv kurslarining yakunida maxsus sertifikatlar topshiriladi.