Tibbiy xatolar faqat mutaxassislarning bilimi saviyasiga bogʻliqmi

    Salomatlik 4 Fevral 2024 1466

    Ona va bola salomatligi markazi va uning Xorazm viloyat filiali ishtirokida tibbiy yordamning sifati va uni standartlashtirish boʻyicha xalqaro seminar oʻtkazildi.

    Qanday qilib bemorlarni tibbiy xatolardan himoya qilish va bunda standartlashtirishning hamda sogʻliqni saqlash muassasalarida ichki auditning roli. Mazkur mavzular 1—3-fevralda Xorazmda rossiyalik mutaxassislar olib borayotgan seminarning bosh mavzulari sanaldi.

    Bu Ona va bola salomatlik markazining Xorazm viloyat filiali va Л.А.Ворохобов nomli 67-sonli Moskva shahar klinik shifoxonasining hamkorligi toʻgʻrisidagi memorandumi asosida tashkil etilgan birinchi tadbir emas.

    Bu safar taʼlim seminarining mavzusi sifatida “Akusherlik statsionarlarida sifat menejment tizimi” mavzusi tanlangan. Ushbu seminarda Xorazm viloyatining homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimi muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi.

    Zamonaviy tibbiyotning murakkabligini inobatga olgan holda tibbiy xatolarni ikki baravarga kamaytirish uchun har bir tibbiyot muassasasida aynan tibbiy faoliyat sifati va xavfsizligining ichki nazorat tizimini joriy etish kerak. Bu yerda xalqaro tajribani oʻrganish muhim rol oʻynaydi.

    Mazkur seminarda Moskva shahar Sogʻliqni saqlash departamentining akusherlik boʻyicha shtatdan tashqari bosh мутахассиси,Л.А.Ворохобов nomli 67-sonli shifoxonasi rahbari Sergey Martirosyan va mazkur tibbiyot muassasasining Klinik-ekspert nazorat markazi rahbari Antonina Belinina trenerlik qildi.

    Oʻquv seminari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM va memorandum ishtirokchilari tomonidan tashkil etildi.

    Ekspertlar taqdimotlarida taʼkidlanishicha, xalqaro tajribadan maʼlum boʻlishicha, tibbiy xatolarning oldini olish, ular tufayli yuzaga kelgan murakkabliklarga chap berish jarayonni standartlashtirishga yordam beradi. Jarayonni tuzatish uchun sogʻliqni saqlash muassasasining oʻzida tibbiy faoliyati sifati va xavfsizligining doimiy ichki nazorati zarur. Bunday ichki audit barcha sohalarga, jumladan, dori xavfsizligi, shoshilinch tibbiy tez yordamni tashkil etish, qabul boʻlimi ishi, bemorlarni markazlashtirish prinsipini taʼminlashga taalluqli boʻlishi kerak.

    Jahon tajribasida koʻrinayotganidek, tibbiy xatolar faqat mutaxassislarning bilimi sayozligi bilan bogʻliq emas. Tibbiy xodimning biron ishda yanglishishi yoki oʻz vaqtida bajarmasligi tibbiy texnologiyaning bir necha manipulyatsiyani oʻz ichiga olishidan kelib chiqadi. Masalan, jarrohlik hamshiralar ish vaqtining 70 foizida oʻz xotirasida 20 tagacha topshiriqni saqlash kerak. Va bu yerda standart operatsiya jarayonini ishlab chiqish boʻyicha ichki nazorat doirasida lokal (shifoxona tomonidan ishlab chiqilgan)harakatlar yordam berishi mumkin. Jahon tajribasida koʻrinayotganidek, tibbiy xatolarning bor-yoʻgʻi 5 foizi tibbiy xodimlarning bilimi sayozligi va uning beparvoligiga bogʻlik ekan.

    Shunday ekan, ichki audit yoʻli bilan ishni tashkillashtirishdagi ojiz holatlarni aniqlash va tahlil etish — xatolarni minimallashtirishning muhim omilidir.

    Masalan, bemor shaxsini identifikatsiyalash jarayoni ham bunday ojiz joy boʻlishi mumkin. Bu yerda aynan jismoniy identifikatorlar, yaʼni bemorning ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi qoʻllanilishi kerak. Bir qaraganda bemorni identifikatsiyalashdagi xato boshqa xatolardek jiddiyga oʻxshamaydi. Lekin ular boshqa dori vositasini buyurishni, va hatto bemorni kerak boʻlmagan operatsiyaga yoʻnaltirishni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday qilib, shaxsni identifikatsiyalashda bemorning ismi-sharifi, uning palata raqami, va boshqa belgilarni qoʻllab boʻlmaydi.

    Ichki auditlar aynan shu va boshqa kamchiliklarni aniqlaydi. Trenerlarning taʼkidlashicha, ular tarkibiga har chorakda oʻtkaziladigan rejali auditlar ham, hamda rejadan tashqari — bemorlarning shikoyati asosida va boshqa sabablar, masalan, ish sifati boʻyicha salbiy maʼlumotlar tufayli oʻtkaziladigan auditlar ham kiradi ekan.

    Uch kunlik trening davomida Xorazm viloyati Sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari koʻrib chiqilayotgan mavzularning dolzarbligini baholay oldi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.