Joriy yilda 3226 quti ipak qurti urugʼidan 184 tonna "kumush tola" yetishtirishni niyat qilgan pillakorlar mehnati tufayli, hozirgacha qariyb toʼrt tonnadan ortiq hosil yetishtirilib, omborlarga yetkazildi.
"Zilol agropilla" MChJda dastlabki tonnalarga munosib hissa qoʼshayotgan pillakorlar sovgʼalar bilan taqdirlandi.
Tadbirda "Oʼzbekipaksanoat" uyushmasi raisining Bosh maslahatchisi Olimjon Jumayev, tuman hokimi Аhrorjon Mansurov, sektor rahbarlari ishtirok etdi.
– Toʼraqoʼrgʼonliklar azaldan pillachilikda mohir boʼlib kelishgan, bu anʼanani yana davom ettirishyapti, – dedi O.Jumayev.