Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

    Ayni kunlarda quyosh panellarini oʻrnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborilgan.

    Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 100 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

    Maʼlumot uchun: 2022-yilda jami sigʻimi 2400 litr boʻlgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatilgan boʻlib, yiliga 77 Gkal issiqlik energiyasi iqtisod qilinmoqda.