«Kasallanganlar orasida bolalar ulushi ortyapti. Oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanishlar orasida bolalar ulushi 5-7 foiz boʻlsa, hozirgi kunda bu koʻrsatkich 25 foizdan ortib ketdi», — dedi u.

Shu sababli Toshkent shahrining baʼzi tumanlaridagi maktablar taʼlimi onlayn tartibiga oʻtkazilgan.

“Hozir taʼtil davom etyapti va ularning yakuniga qadar biz kasallikning tarqalish zanjirini uzishga muvaffaq boʻlishni rejalashtiryapmiz. Mabodo vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarmasa, taʼtillar muddatini uzaytirish masalasini oʻylab koʻramiz”, — deya taʼkidladi Nurmat Otabekov.