2022-yil 18-20-fevral kunlari “Hunarmand” uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi J.Maxkamov boshchiligida bir guruh hunarmandlar Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar hamda 2021-yilda ishga tushirilgan “Hunarmandlar markaz”lari va bu markazlarda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turilari bilan tanishib, tajriba almashdilar.
Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markazida milliy mato va ipakli gilamlar toʻqilishi hamda yangi model mahsulotlar ishlab chiqarilishi, Qoʻshtepa tumanidagi markazda ipak va jun tolasidan gilam toʻqilishi, hamda kashtachilik, Margʻilon shahridagi “Yodgorlik” korxonasi, Fargʻona tumanidagi “Shohimardonsoy” MFYda Sadoqatxon Mirzayeva tashkil etgan xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar uyida mehmonlarga Fargʻona viloyatidagi hunarmandlar tomonidan ishga tushirilgan internet magazinlar hamda onlayn internet platformalarda 20 yaqin hunarmandlarni sahifalarida hunarmandchilik mahsulotlarini sotish boʻyicha “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasini ichki va tashqi savdo boʻyicha mutaxassisi K.Hasanova va boshqarma boshligʻi R.Mirzaaxmedov tomonidan prezentatsiya koʻrsatildi.
20-fevral kuni esa Qoʻshtepa tumani hududidagi “Fayz savdo kompleksi” va Margʻilon shahridagi Ipakchilar shaharchasidagi savdo komplekslarida hunarmandlarga ajratilgan savdo rastalari va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdilar, deb xabar bermoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.










