Toshkentning uchta tumani ayrim joylari issiq suv va isitish tizimidan vaqtincha uzildi

    Urbanizatsiya 13 Noyabr 2023 830

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga qarashli “Chuqursoy” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi va Yunusobod tumanida joylashgan 4-qozonxonaning 2-navbati oʻchirildi.

    Bu haqda Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar qildi.

    Toshkentning Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumani ayrim joylari 13-noyabr kuni issiq suv va isitish tizimidan vaqtincha uzildi. Shu sababli, quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha boʻlmaydi:

    Yunusobod tumani:

    • Markaz-2, Markaz-4, 5, 6 mavzelarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va maʼmuriy binolar.
    • Hakimzoda, J. Obidova, Ergasheva, Niyozbek yoʻli, Arifova koʻchalari, A.Temur va Qorasaroy shohkoʻchalari.

    Olmazor tumani:

    • Qoraqamish 1/1, Qoraqamish 1/2, Qoraqamish 2/1, Qoraqamish 2/3, Qoraqamish 2/5, Markaz-22 mavzelari, Gʻofur Gʻulom, Taxtapul, Sebzor, Markaz-17/18, Shimoliy Olmazor, A. Bobojonova, Qorasaroy, Fayzi Baland, Abduraxmonov, Sagʻbon, Yolqin, Dadaboyev, Oʻrozboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yoʻli, Noraztepa koʻchalarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va maʼmuriy binolar.

    Shayxontohur tumani:

    • Zulfiyaxonim, U.Yusupov, Labzak koʻchalarida joylashgan turar joy uylari.

    Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr soʻrab, taʼminot yarim tunga qadar tiklanishini maʼlum qildi.