Intellektual mulk depatramentining xabar berishicha, o'zganing tovar belgisidan, xizmat ko'rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o'xshash bo'lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o'zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish:
— fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 650 ming so'mdan 3 mln 300 ming so'mgacha);
— mansabdor shaxslarga 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (3 mln 300 ming so'mdan 6 mln 600 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.
Shuningdek, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o'xshash bo'lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda (33 mln so'mdan 66 mln so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.