Arizada ularga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan “SOKOF” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan salqin ishimlik suvi mahsulotiga oʻxshash boʻlgan “SOKO” salqin ishimlik suvini huquq egasi bilan shartnoma tuzmasdan, rozilik olmasdan noqonuniy ravishda foydalanilayotganlik holati yuzasidan tegishli chora koʻrishni soʻragan.
Darhaqiqat, “SOKOF” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan salqin ishimlik suvlari tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 32-sinfiga muvofiq “SMILE LUX” MCHJ huquq egasi hisoblanadi.
Fargʻona viloyatida joylashgan “W.H.M” MCHJ rahbari “A.K” tomonidan ishlab chiqarilgan “SOKO” nomli suvning suv idishi dizaynida foydalanilgan tasvirlar tashqi koʻrinishi, soʻzi fonetik hamda grafik jihatdan isteʼmolchilarni adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan kontrafakt mahsulotlari ishlab chiqarganlik fakti tasdiqlanib, unga nisbatan MJtK ning 177-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi.
Sud MCHJ rahbari “A.K”ni Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Shunday ekan tadbirkorlardan oʻz brendlarini yaratishni yoki oʻzgalar tovar belgisidan shartnoma asosida foydalanishlarini soʻrab qolamiz, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy telegram sahifasida.