Qishloq xo'jaligi texnikalarini ishlab chiqarish bo'yicha nafaqat yurtimiz, balki O'rta Osiyoda yagona bo'lgan “Toshkent qishloq xo'jaligi texnikasi zavodi” aktsiyadorlik jamiyatida ana shunday zamonaviy paxta terish mashinalari tayyorlanadi. Joriy yilning mart oyidan boshlab bu erda AQSHning “CNHI RND” konstruktorlik-texnologik markazi bilan hamkorlikda yanada zamonaviy, bir kunda o'rtacha 20 tonnagacha hosilni yig'ishtirib olib, 400 nafargacha terimchi o'rnini bosa oladigan “TZST CE 220” paxta terish mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Zavod bo'ylab tashkil etilgan press turda ommaviy axborot vositalari xodimlari yangi avlod texnikasining qulayliklari hamda ishlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.
Ayni paytda ushbu texnikaning 20 foizi mahalliylashtirilgan bo'lib, uning uchun zarur metallarning bir qismi o'zimizda tayyorlanmoqda. Ish jarayoninnig ilk bosqichi zavoddagi tayyorlov-ishlov berish tsexida boshlanadi. Bu erda metallar kerakli hajmda kesilib, ularga ishlov beriladi. Payvandlash, bo'yoq berish, 200 darajali issiqlikda quritish jarayonlaridan so'ng metallar yig'iladi va tayyor kombayn holiga keltiriladi.
YAngi avlod paxta terish mashinasining asosiy afzalligi maxsus tirkamalar orqali traktorga ulanishi va bir vaqtning o'zida ham kombayn, ham traktor vazifasini bajara olishidadir. YA'ni transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan SE-220 rusumli paxta terish mashinalaridan mavsumdan tashqari vaqtlarda ham universal-haydov traktori sifatida foydalanish mumkin. Bu esa boshqa o'xshash turdagi texnikalardan farqli tarzda uni yil davomida turli agrotexnologik jarayonlarda qo'llash imkonini beradi.
Terim apparatidagi ikki tomonlama baraban hamda “Extenda-Wear™” gorizontal shpindellarining uch pog'onali tishlari paxta xom-ashyosini samarali terish bilan birga, shpindeldan engil echilish va uzoq muddatli sifatni ta'minlaydi.
— Prezidentimizning zamonaviy, yuqori samarali paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish va terimni mashinada tashkil etish hisobiga mexanizatsiyalash darajasini oshirish borasidagi topshiriqlari asosida 2020 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi, — dedi “Toshkent qishloq xo'jaligi texnikasi zavodi” AJ bosh texnologi Murod ergashev. — Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida zavodimiz tomonidan joriy yilda 550 dona SE-220 rusumli (Case) gorizontal shpindelli hamda 300 dona MX-1.8 rusumli vertikal shpindelli jami 850 dona zamonaviy, yuqori samarali paxta terish mashinalarini ishlab chiqarib, respublika hududlariga etkazib berish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 106 dona SE-220 rusumli zamonaviy kombayn qishloq xo'jaligi korxonalariga etkazib berilgan bo'lsa, zavodda yana 120 ga yaqin texnika tayyor holatda turibdi.
Mazkur zamonaviy texnikalar barq urib ochilgan paxtalarni bir vaqtning o'zida tez va sifatli terib oladi. Uning ortidan faqat g'o'zapoya bilan ko'sak qoladi, xolos. Ushbu texnika yordamida nafaqat ish kuchini sezilarli darajada tejash, balki hosilni tez va sifatli yig'ishtirib olish mumkin. SHu bois, hududlarda texnikaga talab kun sayin ortib bormoqda. Ular paxta-to'qimachilik klasterlari va fermer xo'jaliklariga lizing asosida yoki tijorat banklari tomonidan past foizli kredit mablag'lari hisobiga 10 yil muddatga etkazib berilayotgani texnikadan foydalanish imkonini yanada oshiryapti.
Mutaxassislarning aytishicha, kombayn yukxonasi 800 kilogramgacha paxta sig'imiga ega bo'lib, unga yangi presslovchi qurilma o'rnatilishi natijasida bu ko'rsatkich 1200 kilogramm hajmga oshgan. Bugungi kunda 4 mingdan ziyod detallardan iborat texnikaning 2 mingdan ortiq qismlari mahalliylashtirilgan bo'lib, yil so'ngiga qadar kombaynning boshqa qismlarini ham yurtimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.
Sohada erishilayotgan bu kabi yutuqlar birinchi galda, xalqimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq xo'jaligiga zamonaviy texnologiyalarning olib kirilishi, mexanizatsiya va servis xizmatini kengaytirish va ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.
Iroda TOSHMATOVA,
“YAngi O'zbekiston” muxbiri,
suratlar muallifi: Hakim Yo'ldoshev.