Turizm va sport vazirligi barchani “Samarkand Half Marathon”da ishtirok etishga taklif qiladi

    2021-yilning 5-7-noyabr kunlari Samarqand shahrida xayriya yugurish marafoni  boʻlib oʻtadi. Yarim marafon Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Turizm va sport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

    Loyihaning maqsadi — mamlakatimizning madaniyat va sanʼat obyektlaridagi inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va Oʻzbekistonda sport turizmini rivojlantirish. Yarim marafondan tushgan mablagʻ nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy muassasalarga ishga joylashtirish kabi xayriya maqsadlariga sarflanadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov: “Samarqand yarim marafoni — bu yoshlar oʻrtasida faol hayot tarzini butun mamlakat boʻylab ommalashtirisha xizmat qiluvchi keng koʻlamli sport va madaniy tadbir hisoblanadi. Samarqand yarim marafoni loyihasini haqli ravishda mamlakatdagi eng katta yugurish musobaqasi, deb aytish mumkin. Yarim marafon brendi ommalashgan boʻlib, poyga bir necha yil ichida oʻz nufuzi, boy tajriba va qamroviga ega boʻldi. Aynan shunday xayriya sport tashabbuslari imkoniyati cheklangan insonlarga madaniy obyektlardan foydalanish hamda mamlakatning ijtimoiy hayotining bir qismiga aylanishiga imkoniyat yaratadi”, deya taʼkidladi.

    Tadbirning dastlabki ikki kunida maʼrifiy va madaniy dasturlar oʻtkaziladi, ular doirasida yarim marafon ishtirokchilari va mehmonlari kontset hamda film tomosha qilishlari mumkin boʻladi. Poyga 7 –noyabr – soʻnggi kunga moʻljallangan. Yarim marafon trassasida poyga ishtirokchilari yugurish yoʻli davomida shaharning barcha diqqatga sazovor joylarini koʻrish imkoniyatlari ega boʻladi. Yarim marafon Registon tarixiy ansambli yonidan boshlanadi. Yarim marafon yoʻli AIMS xalqaro marafonlar va poygalar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikasiyalangan.

    Musobaqa ishtirokchilari uch xil masofa mavjud: yarim marafon (21 km), 10 kmga yugurish va 2 km.lik masofa. Shuningdek, alohida toifa — Skandinavcha yurish (2 km).

    Har bir masofa uchun belgilangan vaqtga yetib kelgan barcha musobaqa ishtirokchilari finishorlar medalini ega boʻlishadi. Roʻyxatdan oʻtgan har bir ishtirokchiga poyga futbolkasi, brend sumkani va marraning aniq vaqtini aniqlaydigan chip-raqamni oladi. Gʻoliblar uchun mukofot jamgʻarmasi tashkil etilgan. 1 -dan 3 -oʻringacha boʻlgan erkaklar va ayollar mutlaq hisobda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

    Roʻyxatdan oʻtish hamda batafsil maʼlumot uchun: https://samarkandhalfmarathon.uz/.