Bunda hamkor tomonlar o‘rtasida shu kunga qadar amalga oshirilgan loyihalarning davomi sifatida Vazirlik tasarrufidagi turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi professional ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun 40 soatlik “Turizm va turk tili” o‘quv kursi tashkil etilishi belgilangan.
Ushbu kursning asosiy maqsadi bevosita turkiyalik sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi kadrlarning til bilish malakasini oshirish hamda sohada faol qo’llaniladigan turk tilidagi so‘z va iboralarni yoshlarga puxta o‘rgatish, ularning turk tilidagi erkin muloqot darajasini yaxshilashdan iborat. “TIKA”ning tajribali mutaxassislari tomonidan olib boriladigan “Turizm va turk tili” o‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim qilinadi.