Ilk bora tashkil etilgan musobaqada Oʼzbekiston vakillari 12 nafar sportchi bilan ishtirok etib, jamoaviy va shaxsiy birinchilikda 7 ta oltin, 10 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor boʼlishdi.
Kecha poytaxtimizda ushbu musobaqaning gʼolib va sovrindorlari boʼlgan 10 nafar sportchi hamda 2 nafar murabbiy taqdirlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi maʼlum qilmoqda.
Marosimda Turizm va sport vazirligi hamda Oʼzbekiston koʼzi ojizlar sport jamiyati mutasaddilari ishtirok etgan.