“Uzbekistan Airways” mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma eʼlon qildi

    “Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentyabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflariga 30% chegirma eʼlon qildi.

    Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar berdi.

    Qayd etilishicha, chegirmali aviachiptalarni 6-avgustdan 3-sentyabrgacha booking.uzairways.com sayti, ilovada, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

    Shuningdek, yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar ham oʻrnatiladi. Ularga 30% lik chegirma amal qilmaydi.