Moʻynoq hududida yangi izlov qudugʻida katta bosimda tabiiy gaz aniqlandi
Ustyurt mintaqasidagi “Moʻynoq” koni yaqinida joylashgan Shagirlik — quyi yura qatlamlariga tegishli 2-sonli izlov qudugʻida sanoat ahamiyatiga ega tabiiy gaz oqimi qayd etildi.