Mutaxassislarning taʼkidlashicha, vaksina inson immunitetining viruslar bilan kurashi uchun moʻljallangan. Shunday ekan, vaksina past immunitetli bolalar sogʻligiga zarar keltirishi mumkin va kasallikdan yuz foiz himoya qilmaydi deb oʻylaydiganlar yanglishadilar. Emlash asoratli xastaligi boʻlgan yoshi ulugʻlar uchun qoʻrqinchli emas. Aksincha, aynan mana shu yoshdagi kishilar uchun emlanish muhim, lekin uni kasallik alomatlarining zaiflashgan vaqtida shifokorlar tili bilan aytganda, remissiya davrida amalga oshirish kerak. Va umuman koʻpchilik shunchalik qisqa vaqt ichida samarali va xavfsiz vaksinani yaratish mumkin emas deb hisoblaydi. Lekin koronavirusning butun dunyo boʻylab tarqalish tezligini inobatga olsak, bu mumkin ekan. Mazkur holatda vaqt omili ishga tushdi, chunki dori vositalarining sayyora miqyosida misli koʻrilmagan hajmi haqida gap ketyapti. Vaksinani chiplangan deb ham vahimaga tushishga oʻrin yoʻq: unda hech qanaqangi implantatsiya ham, kuzatuv qurilmalari ham yoʻq.
Mamlakatni tez orada boshlanadigan COVID -19ga qarshi emlashga tayyorlash uchun aholida emlash haqida, uning taʼsiri haqida aniq tushunchalar shakllantirish zarur boʻladi. Xabar berishicha, dastlabki bosqichda 4 million 112 ming 668 nafar oʻzbekistonlik emlanadi ekan. Ular orasida 65 yoshdan 84 yoshgacha boʻlgan yoshi ulugʻlar, 85 yoshda yuqori uzoq umr koʻrguvchilar, tibbiyot xodimlari, oʻrta umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari, Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari ham bor. Chet mamlakatlarda tahsil olayotgan 60 ming talaba bepul emlanadi, shuningdek mehnat migrantlari — xususiy poliklinikalarda toʻlov asosida.
Sanitar-epidemiologik xizmatlarning tegishli moddiy-texnika bazasi shakllantirilgan, emlash jarayonida ishtirok etadigan soha mutaxassislari xavfsiz immunizatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha kasbiy tayyorgarlikdan oʻtyapti.
Ular orasida emlovchi mutaxassislar, umumiy amaliyot shifokorlari va oilaviy shifokorlar, reanimatologlar, immunologlar, infeksionistlar va patronaj hamshiralar bor. Shuningdek maʼlumotlar tizimiga (maʼlumotlar bazasiga) milliy emlashni tashkillashtirish boʻyicha biznes-jarayonlarni kiritish ham koʻzda tutilgan.
YUNISEF Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda, Emlash boʻyicha global alyans va Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy koʻmagida mamlakatimiz OAV xodimlari uchun media-treninglar oʻtkazyapti.
Dilfuza Gulyamova.