Vazir maslahatchisi Rasul Kusherboyevning maʼlum qilishicha,

- A-380 “Gʻuzor - Buxoro - Nukus - Beyneu” avtomobil yoʻlining 150-228 km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida avtomobil yoʻlining kengayishi hisobiga 31 371 tup daraxtlarni koʻchirishga ruxsat berish;

- Surxondaryo viloyatining “4R105 “Darband - Boysun - Elbayon” avtomobil yoʻlining 5-70 km va 4R100 “Mangʻuzor - Jarqoʻrgʻon - Bandixon - Oltinsoy - Denov” avtomobil yoʻlining 128-174- km qismlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida 22615 tup daraxtlarni koʻchirish yoki kompensatsiya toʻlovlarisiz kesishga ruxsat berish masalasida murojaatlar kiritilgan.

Vazirlik tomonidan daraxtlarni kesishga qarshi Prezident Farmoniga asosan joriy etilgan moratoriy talablaridan kelib chiqib, har ikkala holatda ham rad javobi berilgan. Va bundan buyon ham ruxsat berishga doir har qanday murojaat va topshiriqlarga rad javobi beriladi.

Mazkur masala kuni kecha Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.Abduxakimov ishtirokida takroran muhokama qilinib, moratoriy talablariga qatʼiy rioya qilgan holda daraxtlarni saqlab qolish boʻyicha vazirlikning pozitsiyasi ishlab chiqilib, tez kunlarda ikkala hududda ham bu masalada jamoatchilik ishtirokida eshituv tashkil etilishi belgilandi.

Taʼkidlash joizki, vazirlik daraxtlar yoʻqotilishiga doir mazkur loyihalar boʻyicha oʻz pozitsiyasida qatʼiy va bunday buyon ham shunday boʻlib qoladi, - deyiladi munosabatda.