Professor-virusolog, tibbiyot fanlari doktori, Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Anatoliy Altshteyn nima uchun koronavirus kelasi yilgacha yoʻq boʻlib ketishi mumkinligini aytib oʻtdi.
Bu bilan u Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyugening koronavirus pandemiyasi 2022-yil boshida tugaydi degan bayonotiga izoh berdi.
“Bunga ishonishga asos bor”, dedi Altshteyn.
Uning taʼkidlashicha, pandemiya haqiqatan ham 2022-yilgacha tugashi mumkin, ammo kasallikning alohida holatlari saqlanib qoladi.
Mutaxassis, shuningdek, Klyugening kelajakda vaksinalarni koronavirusning yangi mutatsiyalari asosida takomillashtirish mumkin degan fikriga qoʻshilgan.
Uning qoʻshimcha qilishicha, ishlab chiqarish jarayoni osongina moslashishi mumkin.