Qayd etilishicha, shu yilning 5-mart kuni HY612 reysi (Vnukovo (Moskva) – Toshkent yoʻnalishi) texnik sabablarga koʻra majburiy ravishda bekor qilindi.

Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi maʼlumotlariga koʻra, samolyot Moskvadan Toshkentga uchishni rejalashtirayotgan boʻlgan. Hozirda samolyot “Vnukovo” aeroportida boʻlib, uning texnik holati tekshirilmoqda.

Yoʻlovchilar shu yilning 5-mart va 6-mart kunlari aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan muqobil reyslar orqali joʻnatiladi.

Shuningdek, kutish davrida yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi, — deyiladi xabarda.