Yangi qurilma katta qutini eslatadi. Akkumulyator sig'imi 1022 Vt-soat yoki 280 000 mAs. Qurilma ko'cha elektr jihozlar, odatiy gajetlarni quvvatlantirishga mo'ljallangan. Xususan, uning quvvati dronni 30, noutbukni 13 marta quvvatlantirish uchun yetadi.

Qurilma ikki tomonlama invertor flesh-quvvatlash texnologiyasi bilan ta'minlangan. Interfeysdan kelib chiqib, qurilma bir vaqtning o'zida 13 ta qurilmani quvvatlantirish imkoniyatiga ega.

Mazkur qurilma Xitoyda 5999 yuanga sotilmoqda, deyiladi hi-tech.mail.ru saytida.