Xitoyning kanakunjut qurti Oʻzbekistonda parvarishlanishi mumkin

    Yigʻilishda ipak olishning muqobil usullarini yoʻlga qoʻyish kerakligi koʻrsatib oʻtildi. Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yoʻlga qoʻyilgan.

    Bu yangi yoʻnalishni oʻzimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

    Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut oʻsimligi va qurti urugʻlarini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.

    Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yoʻqotishsiz yigʻib olinishini taʼminlash boʻyicha qator topshiriqlar berildi.

    Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

    Mutasaddilarga:

    - ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorlariga chiqish uchun talab etiladigan sertifikat olishiga koʻmaklashish;

    - xorijiy davlatlardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, yangi savdo uylarini ochish;

    - Andijon, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida oʻrta boʻgʻin xodimlarini 6 oyda tayyorlaydigan markazlarni tashkil qilish;

    - Kooperatsiya portalida faqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartibni joriy qilish va tadbirkorlar koʻtargan boshqa masalalar yechimi boʻyicha taklif kiritish topshirildi.