Yangi kasallanayotgan bemorlarda koronavirusning aynan qaysi shtammi kuzatilmoqda?
«Hozir bir kunda respublika boʻyicha 15-18 mingta laboratoriya tekshiruvi oʻtkazilayapti. Bu har 100 ming aholi soniga 45-47 ta degani. Albatta tekshirishlar sonining ortib borishi barobarida kasallikka chalinganlarni aniqlash darajasining ortib borishi kuzatilishi mumkin.
Bizning asosiy maqasadimiz tekshirishlar sonini ikki-uch barobar oshirib, kasallikka chalinganlarni erta aniqlash, tegishli davolash tadbirlarini tashkil etish, muloqotda boʻlganlarni tekshirib koʻrish orqali kasallik oʻchogʻining hajmini aniqlash va tegishli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali kasallik manbaini jilovlash xisoblanadi. Bugungi kunda aniqlanayotgan bemorlarning aksariyati COVID-19 virusidan kasallangani ayon boʻlmoqda».
Kasallanayotganlar orasida bolalarning koʻpligi yangi shtamm bilan kasallanish holatlari oshayotganini anglatadimi?
«Oʻtgan davr mobaynidagi statistik maʼlumotlarga qarasak, umumiy kasallanganlarning 2-5, baʼzan 5-7% bolalarga toʻgʻri kelgan. Hozirda esa bu koʻrsatkich 25% gachani tashkil etmoqda.
Albatta ushbu raqamlarga asoslanib, respublikamizda kasallanganlar, ayniqsa ular orasida bolalarning koʻpligini inobatga olib, yangi holatlar “Britancha” shtamm bilan bogʻliq deyishimiz mumkin».